AQSH Prezidenti Donald Tramp Armaniston va Ozarbayjon tinchlik kelishuviga yaqin turganini aytdi.
— Armaniston va Ozarbayjonda mo‘’jiza yaratdik, tinchlik kelishuvi maqsadiga allaqachon yaqinlashildi, — dedi u amerikalik senatorlar bilan kechki ziyofat chog‘ida. Yetakchining ma’ruzasi Amerika telekanallari orqali namoyish etildi.
2022 yil Yerevan va Boku Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi vositachiligida bo‘lajak tinchlik shartnomasini muhokama qila boshladi. 2023 yil may oyi oxirida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan Ozarbayjonni sobiq ittifoq davridagi chegara bo‘yicha suvereniteti, ya’ni Qorabog‘ bilan birga tan olishga tayyorligini bildirdi. Sentyabrda Ozarbayjon Qorabog‘da harbiy amaliyot boshladi va muvaffaqiyatli yakunladi. Shundan so‘ng Prezident Ilhom Aliyev mamlakat hududiy yaxlitligi tiklanganini e’lon qildi. Mintaqaning amaldagi rasmiylari 2024 yil 1 yanvardan e’tirof etilmagan respublikani “o‘z-o‘zini tarqatib yuborish” haqidagi qarorini tasdiqlashdi.
S.Rahimov, O‘zA