Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: AQSH yaqin orada yadroviy sinov o‘tkazish niyatida
20:53 / 2025-11-15

AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashington ma’muriyati yaqin orada yadro sinovini amalga oshirish niyatidaligini ma’lum qildi. "Reja yadroviy kallak portlatilishini nazarda tutadimi?" degan savolga u shunday javob berdi: Buni aytishni istamayman, lekin boshqa davlatlar singari yadroviy sinov o‘tkazamiz. Bizda boshqalarga qaraganda ko‘proq shunday qurol bor va aslaha sinab ko‘rilishi kerak.

Shuningdek, Amerika rahbari Rossiya, AQSH va Xitoy o‘rtasida yadro zaxirasini kamaytirish masalasi muhokama qilinadigan uchrashuv o‘tkazilishi tarafdori ekaniga ham urg‘u bergan. Bundan tashqari Vashington bosimi tufayli RF nefti xaridi kamayganini ham aytib o‘tdi.

- RF neftini Hindiston va boshqalar rad etmoqda, - degan u Britaniyaning “GB News” telekanaliga bergan intervyusida. Binobarin, u gaplarini asoslamagan. Yetakchi Rossiya - Ukraina urushi bartaraf qilinishiga ishonch bildirdi. Qolaversa, Floridaga ketayotgan samolyotida jurnalistlar savollariga javob berarkan, Tehron Vashington bilan yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchiligini bildirdi:

- 22 yildan beri xohlaganimizdek, Eronning yadroviy salohiyati oldingidek emas. Avval hech bir Prezidentda qat’iylik yetishmagan, biz esa shu ishni qildik. Eron endi butunlay boshqacha.

S.Rahimov, O‘zA