Tramp AQSH mundial daromadi bilan qiziqdi
Prezident Donald Tramp mas’ullardan AQSH futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatidan qancha foyda olishi haqida so‘radi, deb yozgan "RIA Novosti".
- Jahon chempionati sanoqsiz amerikalik ishchilar, biznes vakillari uchun juda muhim iqtisodiy imkoniyat, - dedi Amerika yetakchisi maxsus ishchi guruhning Oq uyda o‘tgan yig‘ilishida. - Ushbu olamshumul tadbirdan taxminan 30 milliard dollar daromad qilishimiz kutilyapti. Qolaversa, AQSHda 200 000 qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.
So‘ngra u FIFA rahbari Janni Infantinoga murojaat qilib, so‘zini davom ettirdi:
- Bu juda ko‘p pulga o‘xshaydi! Shunga ishonchingiz komilmi?
Infantino bu savolga “100 foiz ishonaman" deya javob qaytardi.
S.Rahimov, O‘zA