Tramp AQSH kollejlarini bitirgan xorijliklarga grin-karta va’da qildi
AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp saylovda g‘alabaga erishsa, mamlakatdagi kollejlarni bitirgan xorijliklarga yashash huquqi berilishiga erishishini aytdi.
– Nima qilmoqchiman va nima qilaman? Agar siz kollejni bitirgan bo‘lsangiz, fikrimcha, diplom bilan birga grin-karta ham olishingiz kerak, – deb bayonot berdi Tramp “All In” nashriga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus 2 va 4 yillik oliy ta’limga tegishli bo‘ladi.