Tramp AQSH hududini kengaytirmoqchi(mi)?
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning Panamadagi elchisi lavozimiga Kevin Marino Kabrera nomzodini ilgari surdi, deb yozmoqda “CNN”.
– Kabrera AQSHning Panama Respublikasidagi elchisi bo‘lib xizmat qilishini ma’lum qilishdan mamnunman, – dedi Tramp o‘z bayonotida. – U mamlakatimiz manfaatlarini ifodalovchi “fantastik” ishni bajarishiga ishonchim komil.
Kecha Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida AQSH hududining kengayishini yana bir bor tilga olib, Panama kanalining yuritayotgan siyosatini tanqid qildi.
Uning Panama kanalini nazoratga olish chaqirig‘i suv yo‘lidan o‘tadigan Amerika kemalari uchun to‘lovlar qimmatlashib ketgani sababli yangradi. Biroz avval, Tramp Kanadani AQSHning 51-shtatiga aylantirish haqida g‘ayrioddiy gaplar aytgan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA