Tramp aprelda Xitoyga safar qiladi
AQSH prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Szinpin aprel oyining birinchi haftasida ikki tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi “Politico” nashri.
Uchrashuv Pekinda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda va bu Trampning yangi prezidentlik muddati davomida Qo‘shma Shtatlar va Xitoy rahbarlari o‘rtasidagi birinchi sammit bo‘ladi.
Manbalarga ko‘ra, muzokaralar savdo, xavfsizlik va strategik barqarorlik kabi asosiy ikki tomonlama masalalarga qaratiladi. Ta’kidlash joizki, sammit Vashington va Pekin o‘rtasida bir qator mintaqaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha davom etayotgan keskinlik fonida o‘tkazilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA