Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: “Amerikaliklar saylovning aniq natijalarini hech qachon bila olmaydi”
13:52 / 2020-09-19

AQSH Prezidenti Donald Tramp bu yil boʻlib oʻtadigan prezident saylovida ovoz berishning aniq natijalari hech qachon maʼlum boʻlmasligini taʼkidladi.


AQSH Prezidenti Donald Tramp bu yil boʻlib oʻtadigan prezident saylovida ovoz berishning aniq natijalari hech qachon maʼlum boʻlmasligini taʼkidladi. 

Uning fikricha, saylov byulletenlarini saylovchilarga pochta orqali joʻnatish shunday oqibatlarga olib keladi. Oq uy rahbari bu holatni halokat, deb atadi.

“Yangi va kutilmagan miqdorda koʻp byulletenlarni pochta orqali saylovchilarga joʻnatish tufayli ovoz berish natijalarini hech qachon aniqlab boʻlmaydi. Ayrimlar aynan shunday boʻlishni istashyapti”, - deb yozdi AQSH Prezidenti “twitter”dagi sahifasida.

Donald Tramp yana bir bor byulletenlarni pochta orqali joʻnatish amaliyotiga chek qoʻyish hamda saylovchilarni avvalgidek saylov uchastkalariga oʻzlari borishga chaqirdi.

AQSHda prezident saylovi 3-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Unda amaldagi Prezident Donald Tramp ikkinchi bor nomzodini qoʻymoqda. Prezidentlik lavozimi uchun demokratlardan Jo Bayden nomzodi koʻrsatilgan.