Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: 2024 yilgi saylovda ishtirok etaman
11:11 / 2022-07-15

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp 2024 yil bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishi haqida allaqachon qarorga kelganini aytdi.

 Quyidagi mazmundagi bayonot siyosatchining “Intelligencer” nashriga bergan intevyusida ham keltirilgan:
“Qarorim qat’iy! Bu yo‘lda menga hech nima to‘sqinlik qilolmaydi”.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Tramp 4 iyul - AQSH Mustaqilligi kuni qarorini ochiqlamoqchi bo‘lgan, biroq farzandlari, shuningdek, ayrim senatorlar va Vakillik palatasi a’zolari uni bu saylovda qatnashishdan qaytargan.