French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp 2024 yilda bo‘ladigan prezident sayloviga nomzodini qo‘ya oladimi?
12:17 / 2021-02-24

AQSH senatori, respublikachilar partiyasi vakili Mitt Romnining fikricha, agar sobiq prezident Donald Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida nomzodini qo‘yishga qaror qilsa, partiya uni albatta qo‘llab-quvvatlaydi.

"Prezident mening partiyamda faol bo‘lib qolishiga ishonchim komil. Biroq u 2024 yilda o‘z nomzodini ilgari suradimi, yoki yo‘qmi bilmayman, mabodo nomzodini ko‘rsatishga qaror qilsa, partiya uni  qo‘llab-quvvatlaydi", – dedi Romni New York Times gazetasiga intervyu bergan chog‘da.

Senatorning o‘zi esa, Trampga avval ham ovoz bermagan, keyin ham ovoz bermasligini ma’lum qildi.

Romni sobiq prezidentga nisbatan doimo muxolifatda bo‘lib kelgan respublikachi hisoblagandi. U 6 yanvar kuni Vashingtonda yuz bergan tartibsizliklarda ham Donald Trampni ayblagan edi.