Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp 175 million dollar garov to‘ladi
13:07 / 2024-04-02

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp Nyu-York sudi qarori ustidan shikoyat qilish uchun 175 million dollarni garovga qo‘ydi. Mamlakat ommaviy axborot vositalari sud hujjatiga tayanib, shunday xabarlar tarqatdi.

Avvalroq shtat sudi Tramp arizasini qondirib, tayinlangan 464 million dollarni 175 million dollarga tushirgandi.

– Tramp 175 million dollar miqdorida garov puli to‘ladi, – deb yozdi “Washington Post”. Ushbu ma’lumotni “ABC News” ham tasdiqladi.

Trampning garovga pul qo‘yishi Nyu-York sudi qarori ustidan shikoyat qilish uchun shart edi. Sud sobiq prezidentni, uning o‘g‘illari va biznes sheriklarini Mayamida golf kurorti, Vashington va Chikagoda mehmonxonalar qurish uchun kredit olish maqsadida o‘n yil davomida aktivini atay 812 million dollardan 2,2 milliard dollargacha oshirib kelganlikda ayblagan.