Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Traktorchi-mashinistlarni o‘qitish va guvohnomalar berish choralari ko‘rilyapti
11:59 / 2021-12-16

Toshkent viloyatida mavjud texnikalar va ularni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni o‘qitish va guvohnomalar berish bo‘yicha O‘zagroinpeksiyaning viloyat boshqarmasi va viloyat Ichki Ishlar boshqarmaci bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, hududda mavjud o‘ziyurar texnikalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni o‘qitish bo‘yicha 12 tumanda mavjud 15 ta o‘quv muassasasiga «O‘zagroinspeksiya»ning tuman bo‘limlari tomonidan tegishli tartibda xulosalar berilishi ta’minlangan bo‘lib, hozirda mazkur muassasalarda 675 nafar talaba tahsil olayapti.

Tahlillarga ko‘ra, ayni paytda viloyatda ro‘yxatga olingan jami 14 mingdan ortiq traktor, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari mavjud bo‘lib, shundan mingdan ortiq texnikalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni o‘qitish talab etiladi.

Jumladan, bir o‘quv kurslari davomiyligi kamida 3 oy bo‘lishi inobatga olinsa, ishsiz talabalar va fuqarolar uchun mavjud muassasalar tomonidan yana qo‘shimcha ikkita o‘quv kurslari tashkil etilishi lozim. Buning natijasida, ularga traktorchi-mashinist guvohnomalari berilib, qo‘shimcha 1 ming 15 kishi doimiy ish joyi bilan ta’minlanadi. 
Mazkur fuqaro va talabalar texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun 414 soatdan kam bo‘lmagan nazariy va amaliy o‘quv dasturi asosida o‘qitilayapti.

Ta’lim muassasalarini bitirgach, berilgan guvohnoma bilan doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylaridagi Inspeksiyaning tuman bo‘limlariga murojaat qilish orqali traktorchi-mashinist guvohnomalariga ega bo‘lishi ham tushuntirilmoqda.

Hozirda, «O‘zagroinspeksiya»ning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB boshqarmasi bilan birgalikda o‘quv muassasalarida tahsil olgan bo‘lsada, traktorchi-mashinist guvohnomalarini olmagan jami 980 nafar, shundan 341 nafar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 3-kursida ta’lim olayotgan talabalar, 2018-2020 yillar davomida tahsil olgan kollej talabalari va 296 nafar boshqa muassasalarni tamomlagan talabalar ro‘yxati shakllantirilgan. Ularga inspeksiyaning tuman bo‘limlari tomonidan traktorchi-mashinist guvohnomalari berilishi ta’minlanmoqda.

S.Sadikov, 
«O‘zagroinspeksiya»ning Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i.
O‘zA