Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tozalik va ozodalik sog‘lom hayot garovidir
16:20 / 2025-07-09

Buxoroda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmalari boshliqlari, boshqarma va bo‘lim xodimlari, tizim tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar, viloyatda chiqindilarni boshqarish, aholiga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, hozirda viloyatda mavjud 516 ta mahallaning 514 tasi yoki 99,6 foizi sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olingan. Bu esa 2,06 million aholidan 1,37 million nafariga xizmat ko‘rsatilayotganini, ya’ni viloyat aholisining 66,7 foizi bilan qamrab olinganini ko‘rsatadi.

[gallery-24232]

Viloyatda sanitar tozalash ishlarini amalga oshirish uchun jami 195 ta maxsus texnika jalb etilgan bo‘lib, har bir texnika o‘rtacha 10 564 nafar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun 107 ta uychali, 112 ta uychasiz va 8 ta modul tipidagi chiqindi to‘plash maydonchalarida jami 1181 ta turli hajmdagi chiqindi konteynerlari mavjud.

2024 yil davomida viloyatda hosil bo‘lgan 750 ming tonna chiqindining 352,3 ming tonnasi qayta ishlab, ikkilamchi xomashyo sifatida iqtisodiyotga qaytarilgan. Hozirda chiqindilarni qayta ishlash darajasini 47 foizdan 50 foizga yetkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Anjumanda mahallalarni obodonlashtirish, xususan, hududlarni chiqindilardan tozalash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, chiqindilar muammosining dolzarbligi, sog‘liq va ekologiya uchun xavf-xatarlari, iqtisodiy zararlari va ijtimoiy ta’sirlari, qolaversa, oldini olish choralari xususida ham so‘z bordi.

Ayni paytda viloyatning barcha shahar, qishloq, mahalla va mehnat jamoalarida tevarak-atrofni tartibga keltirish, saranjom-sarishta qilish, tozalash ko‘lami yanada kengayganligi, obodonlashtirish jarayonida bog‘ va sayilgohlar, mahallalar, ko‘p qavatli uylar, korxona va tashkilotlar hududlarini tartibga keltirish, chiqindilarni belgilangan joyga chiqarib tashlash va ko‘chalarni ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilayotganiga urg‘u berildi. 

Anjumanda, “Mahallalarni chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!” aksiyasiga start berilib, bu jarayonda targ‘ibot ishlarida media sohasi vakillari bilan birgalikda harakat qilishga kelishib olindi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.