Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tozalik, ozodalik posbonlari
16:06 / 2023-03-01

Yurtimizga kirib kelgan bahor fasli munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi.

Nukus shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, shaharning tozaligi va obodligini saqlashda soha fidoyilarining xizmati muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari e’tibori natijasida o‘tgan 2022 yilda Nukus shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan, 33 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 390 kilometrdan ziyod tuproq yo‘lga tosh-shag‘al yotqizildi. 152 kilometr yo‘l asfaltlandi, 14 kilometr beton yo‘l qurildi. 40 kilometrdan ziyod piyodalar yo‘lagi yangilandi. Shuningdek, sharoiti og‘ir oilalarning uylari ta’mirlandi. Bu ezgu ishlar bugungi kunda ham davom etmoqda.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi hududlarda ozodalikni saqlash va obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida sohaning bir guruh xodimlariga maxsus texnikalar kalitlarini, xizmat kiyimlari va sovg‘alar topshirdi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri