Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tozalik oyligining dastlabki 15 kunida 243 ming tonna chiqindi tozalandi
10:57 / 2025-11-03

Mamlakatimizda 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha “Tozalik va ozodalik oyligi”, deb e’lon qilingan bo‘lib, aksiya doirasida respublika bo‘ylab keng ko‘lamli tozalik va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda.

Oylikning dastlabki o‘n besh kunida 19 mingdan ziyod sanitar tozalash xizmati va obodonlashtirish sohasi xodimi ishtirokida jami 32 099 mahalla fuqarolar yig‘ini hamda 16 887 ta jamoat joyida tozalik tadbirlari o‘tkazildi. 

Jarayonda 28 937 ta maxsus chiqindi tashuvchi va yuklovchi texnika vositasi ishtirok etdi. Natijada respublika hududi bo‘ylab 243 278 tonna chiqindi tozalanib, qayta ishlashga yoki yo‘q qilishga yuborildi. 

Shuningdek, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Prokuratura, Ichki ishlar bo‘limlari, Milliy gvardiya hamda Ekologik davlat nazorati inspeksiyasi xodimlari ishtirokida nazorat tadbirlari tashkil etildi. Ular tomonidan 36 788 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rildi.

[gallery-26045]

Tozalik tadbirlarida davlat tashkiloti va idoralarining 22 500 xodimi faollik ko‘rsatdi. Shuningdek, 10 dan ortiq hamkor tashkilot xodimlari va jamoatchilik vakillari bu jarayonda ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz, “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasidagi ishlar yil yakuniga qadar jadal sur’atlarda davom etadi. Mamlakatimiz obodligi va sog‘lom muhitini ta’minlash maqsadida tozalik tadbirlarida faol ishtirok etish esa har birimizning fuqarolik burchlarimizdandir. 

Kamola Yusupova, O‘zA