Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tozalik oyligida Ekopartiya qanday ishtirok etyapti? (+video)
17:58 / 2025-10-31

Sarishtalik, tozalik va ozodalik o‘zimizdan, uyimizdan, mahalla-ko‘ydan boshlanadi. Turli ekologik tajovuzlar xavfi ortib borayotgan bir paytda yon-atrofni ozoda saqlash, chiqindilarni saralash va belgilangan joylarga tashlash ekologiya va atmosfera musaffoligini ta’minlaydi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, 15 oktyabrdan boshlab yurtimiz bo‘ylab tozalik va ozodalik oyligi boshlab yuborildi. Ushbu oylik davomida tashkilot va idoralar, fuqarolar hududlar obodligiga hissa qo‘shishmoqda.  

Mazkur jarayonda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkilotlari va faollari ham tashabbuskorlik ko‘rsatib, faol ishtirok etmoqda.  

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisining Axborot va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Islomjon Qo‘chqorov oylik davomida partiyaning ishtiroki va amaliy tashabbuslari haqida batafsil gapirib berdi.  

Rais o‘rinbosari qayd etganidek, partiyaning barcha tashkilotlari tomonidan shu paytgacha 100dan ortiq tozalik aksiyalari, hasharlar va plogginglar tashkil etildi va izchil davom ettirilmoqda. Mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik ishlari amalga oshirilmoqda.  

Shuningdek, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda partiya vakillari, volontyorlar, yosh ekofaollar ishtirok etayapti. Bu kabi sa’y-harakatlar atrof-muhitni asrab-avaylash, aholi va yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mz2YOwbz4KE" title="Tozalik oyligida Ekopartiya qanday ishtirok etyapti? " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA