Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tozalik oyligi izchil davom etmoqda
13:56 / 2025-11-04

Yon-atrofni toza-ozoda saqlash tabiat musaffoligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, joriy yilning 15 oktyabridan 15 noyabrigacha mamlakatimizda "Tozalik va ozodalik oyligi" o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan joylarda bir qator amaliy tadbirlar, aksiyalar, plogginglar tashkil etilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkilotlari va deputatlari tashabbusi bilan ham barcha hududda tozalik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Poytaxtimizning Olmazor tumani G‘alaba mahallasida tuman Kengashi deputati Shahnoza Umarxo‘jayeva tashabbusi bilan "Tozalik va ozodalik ostonadan boshlanadi!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari, tuman ekologiya inspeksiyasi xodimlari, mahalla faollari hamda tabiatga befarq bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi.

Aksiya davomida hududdagi ko‘p yillik daraxtlar osti tozalandi, ariq va zovurlar qazilib, yig‘ilgan chiqindilar belgilangan joylarga chiqarib tashlandi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot jarayonida mahalla aholisi obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etayotgani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida "Yashil bog‘ yarataylik barqaror kelajak sari!" shiori ostida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi. Unda hudud iqlimiga mos turli xil daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bu kabi amaliy tadbirlar mahallalarning obodligini, sarishtaligini ta’minlash barobarida aholining atrof-muhitga e’tiborli munosabatini shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA