Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tozalik kuni ko‘tarinki ruhda o‘tdi
20:05 / 2022-09-17

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ da ham “Butunjahon tozalik kuni”ga bag‘ishlab tozalik aksiyasi o‘tkazildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, zavod ishchi xodimlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat tashkiloti, tuman mutasaddi tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Dastlab mutaxassislar tomonidan ushbu kun munosabati bilan yig‘ilganlarga atrof-muhitni asrab-avaylash haqida tushuncha berildi.

Ta’kidlanishicha, Butunjahon tozalik kuni – bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. G‘oya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashadi. Ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlar O‘zbekistonda ilk bor 2019 yilda o‘tkazilgan.

Kun davomida ishtirokchilar istirohat bog‘lari, tashkilot va korxonalarda, mahallalar va ko‘cha-kuyda yirik hajmdagi tozalash-obodonlashtirish yumushlarini amalga oshirdi. Tadbirda faol qatnashganlar va zavod ishchilariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zarif Komilov, O‘zA