FOTOREPORTAJ
Yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan “Obod yurt” ekologik aksiyasida Namangan viloyatining barcha tuman va shaharlarida ham yoshlar yetakchilari, ko‘ngilli yoshlar, shuningdek, mahalla faollari va aholining tashabbuskor vakillari faol ishtirok etdi.
Uchqo‘rg‘on tumanida aksiya doirasida “O‘rdabog‘” MFY hududidagi “Yoshlar bog‘i”da obodonlashtirish ishlari olib borildi. Maqsad – mahallada ozodalikni saqlash, aholi, ayniqsa yoshlarda atrof-muhitga e’tiborni kuchaytirish, ularda ekologik madaniyatni oshirishdir.
[gallery-25878]
Yoshlar tomonidan daraxtlar atrofi tozalandi, chiqindilar yig‘ishtirildi, hudud obod holatga keltirildi. Bu kabi tashabbuslar nafaqat go‘zal muhit yaratishi bilan ahamiyatli, balki “Toza muhit – sog‘lom hayot” tamoyilining amaldagi ifodasidir.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA