English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toza ichimlik suvi – obodlik belgisi
15:49 / 2015-10-26

Jizzax viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2014-yilda ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun davlat byudjetidan 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan bo‘lsa, joriy yilda 63 inshootda 12 milliard so‘mlik qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jizzax viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2014-yilda ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun davlat byudjetidan 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan bo‘lsa, joriy yilda 63 inshootda 12 milliard so‘mlik qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jizzax tumani “Qangli” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi Yoyilma qishlog‘ida ikki kilometrga yaqin, Arishli qishlog‘ida 4 kilometrdan ortiq suv quvuri yotqizildi. Qurilish ishlariga davlat byudjetidan 494 million 300 ming so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

– Prezidentimiz rahnamoligida aholi turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida qishlog‘imiz yil sayin obod va tarovatli bo‘lib bormoqda, – deydi Arishli qishlog‘i oqsoqoli, mehnat faxriysi Mahmud Bekbo‘tayev. – Bu yil ichimlik suvi tarmog‘i qurilib, 450 dan ziyod xonadon toza obihayot bilan ta’minlandi.

“Toqchilik”, “Samarqandquduq”, “Ravot”, “Ziyokor”, “Sayxon” fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan 8 qishloq aholisi ham bunday xayrli ishlar tashabbuskori Prezidentimizdan behad minnatdor.

– Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, obodlik, farovonlik hamda aholi salomatligining eng muhim sharti bo‘lgan toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yil sayin kengaymoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Jizzax tumani bo‘limi raisi O‘rol O‘rozboyev. – Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘p ichimlik suvi inshooti barpo etildi. Qishloqlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 5 artezian qudug‘i qazilib, 17 kilometr 600 metrlik suv uzatish tarmog‘i tortildi.

Bunday ezgu ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham izchil amalga oshirilmoqda. Joriy yilda viloyatda umumiy uzunligi 140 kilometrdan ortiq ichimlik suvi tarmog‘i barpo etildi. Bundan tashqari, namunaviy loyihalar asosida qurilgan 15 yangi uy-joy massivida 22,6 kilometrlik ichimlik suvi uzatish tarmog‘ini qurish ishlari nihoyasiga yetkazilayotir.