Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toza hudud” sanitar xizmati ko‘lamini oshirmoqda
18:31 / 2025-12-08

Termiz shahrida Surxondaryo viloyat “Toza hudud” davlat muassasasiga Samarqand avtomobil zavodidan olib kelingan 12 ta maishiy chiqindi tashiydigan maxsus transport vositalari tantanali topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi nishonlanayotgan kunda bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov marosim ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, ishlariga omad tiladi. Mamlakatimizda Yangilangan bosh qomusimizda belgilangan norma va moddalar asosida inson qadrini ulug‘lashga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosini yaxshilash, yashil makonlarni kengaytirib, tevarak-atrofni obodonlashtirish, mahalla va ko‘cha-kuyda tozalikni saqlash, iqlim o‘zgarishlariga moslashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi.  

Ayni paytda bu borada janubdagi vohada ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, viloyatdagi mahallalar hududida obodlikni ta’minlab, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish uchun ikkita korxona sanitar xizmat ko‘rsatmoqda. Viloyatda mavjud 723 mahallaning tog‘li va chekka hududlardagi 141 tasiga sanitar xizmati ko‘rsatilmaydi. “Toza hudud” davlat muassasasi ishchi-xizmatchilari viloyatdagi yettita tumanning 324 mahallasini qamrab olgan. Zamonaviy 12 ta maxsus texnika yana 33 ta mahallani qamrab, 36 ta yangi ish o‘rni yaratadi. Xizmat ko‘rsatish qamrab olingan mahallalar hozirgi 74 foizdan 86 foizga yetadi. Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga xizmat ko‘rsatish 56 foizdan 100 foizga yetkaziladi.  

Tadbirda viloyat “Toza hudud” davlat muassasasining Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sherobod va Sho‘rchi tumanlari bo‘limlari yangi, zamonaviy maishiy chiqindi tashiydigan maxsus transport vositalarini qabul qilib oldi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri