Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toyloqda 1 gektar yerni 50 ming dollarga sotayotgan firibgar ushlandi
19:48 / 2022-03-25

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Toyloq tumanida 1 gektar yer maydonini noqonuniy sotish holatiga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida shu tumanda yashovchi fermer xo‘jaligi ishchisi, 1992 yilda tug‘ilgan U.S. mahalliy fuqaroga fermer xo‘jaligiga tegishli 1 gektar yer maydonini 50 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, so‘ralgan pul mablag‘larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA