Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toyloq tumaniga yangi hokimi tayinlandi
14:20 / 2025-08-05

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

2018 yildan buyon Toyloq tumaniga rahbarlik qilgan B.Bobonazarov o‘z arizasiga ko‘ra, vazifasidan ozod etildi.  

Ayni vaqtga qadar Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan Behzod Rahmatullayevich Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada ishtirok etgan Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshrish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.  

G‘.HASANOV, O‘zA muxbiri