To‘y va marosimlarni ixchamlashtirish masalalari muhokama qilindi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan Sergeli tuman hokimligi bilan hamkorlikda to‘y va marosimlarni ixcham, oilaning iqtisodiy imkoniyatlariga mos holda o‘tkazish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16-sentyabrdagi 589-son qarori mazmun-mohiyati xususida soʻz bordi.


Shuningdek, yigʻilish davomida mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mahalla xotin-qizlar faollari va hamkor tashkilotlarning 20 dan ortiq takliflari tinglandi.

Milliy qadriyatlarga yot urf-odatlarga chek qoʻyish hamda oqilona isteʼmol dasturida belgilangan masalalarni mahallada targʻib qilish boʻyicha har bir mahallada alohida chora-tadbir ishlab chiqish belgilandi.

Ishchi guruh tomonidan Yuqori Darxon va Quruvchilar mahallasi oʻrganilib, mahalla Kengashining Oqilona isteʼmol madaniyati va tejamkorlik tashabbuslari tartibi ishlab chiqildi.
Gulnoza Boboyeva, OʻzA