Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘xtash yoki to‘xtab turish (parkovka) qoidalarini buzgan haydovchilar uchun belgilangan jarimalar miqdori kamaytiriladi
21:34 / 2020-12-02

Avtomobillar soni tez sur’atlarda oshib borayotgan bir paytda katta shaharlar markazlarida avtomobil transportini belgilangan joyda qoldirish (parkovka) muammosi ko‘plab haydovchilar uchun dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bu masala ayniqsa poytaxtda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Shaharda pullik avtoturargohlar yetishmasligi yoki haydovchilar uchun qulaylik yaratish (holbuki bu orqali mahalliy byudjetga yaxshigina daromad ishlash imkoniyati bor) maqsadida  markaziy ko‘chalarda yo‘l bo‘ylariga oddiy parkomatlar o‘rnatilmaganligi bir sabab bo‘lsa,  belgilanmagan yoki ruxsat etilmagan joylarda avtomobil transporti parkovka qilingani uchun “otni kallasidek” jarimalar belgilanganligi tabiiy ravishda ko‘plab haydovchilar e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) uch baravari ya’ni 668 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.  Ayni huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish haydovchiga BHMning besh baravari (1mln 113 ming so‘m) miqdorida, uchinchi marta sodir etilishi esa BHMning o‘n baravari (2mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.  

Solishtirish uchun,  Rossiyada to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish  haydovchiga 3000 rubl (taxminan 415 ming so‘m), Ukrainada esa 510 ukraina grivnasi (taxminan 188 ming so‘m)ga tushadi. Qo‘shni Qozog‘istonda to‘xtab turish qoidasini buzgan haydovchi 24 ming tanga (taxminan 589 ming so‘m) jarima to‘lasa, Qirg‘izistonda esa bu qoidani buzgan haydovchilarga nisbatan 3000 kirg‘iz somi (taxminan 369 ming so‘m) jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, bu davlatlarda (Qozog‘istondan tashqari) mazkur huquqbuzarlikni takroran sodir etish jarima miqdorini o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

Ko‘rinib turibdiki, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish hollari uchun belgilangan eng yuqori jarima miqdori bizda. Agar bu jarima aholining o‘rtacha daromadlari nuqtai nazaridan solishtirilsa, bu farq yanada oshishi aniq.  

Shu bois, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xafvsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish holati uchun belgilangan jarima miqdorlarini qamaytirish taklifi ilgari surilmoqda. Qo‘mita taklifiga asosan, mazkur huquqbuzarlik uchun jarimani  BHMning bir baravari (223 ming so‘m) miqdorida belgilash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, huquqbuzarlikni takroran sodir etilganda jarima miqdorini oshishi ham bekor kilinishi kutilmoqda.  

Hozirda qo‘mita a’zosi, deputat Farhod Ashmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128 6-prim moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.