Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tovarga qo‘llanilgan bojxona imtiyozlari bekor qilindi
13:11 / 2024-02-22

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 iyundagi tegishli qaroriga asosan kon-metallurgiya, neft-gaz va kimyo sanoatida foydalaniladigan avtokranlar uchun bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyoz berilishi nazarda tutilgan.

Ammo monitoring jarayonida Toshkent shahridagi korxonalardan biri tomonidan import qilingan avtokrandan kon-metallurgiya, neft-gaz va kimyo sanoatida emas, balki bino-inshootlar qurilishi jarayonida foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.  

Natijada, hozirda ushbu tovarga qo‘llanilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, 4,3 mlrd. so‘mlik bojxona to‘lovlarini davlat byudjetiga to‘liq undirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.  

Ta’kidlash joizki, Bojxona kodeksiga muvofiq imtiyozli tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyati tiklanishi belgilangan.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA