Tovar-xom ashyo birjasida korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, anonim xabar bering
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ning axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, birja savdolari borasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va takomillashtirish maqsadida @uzexanticorruptionbot anonim Telegram-boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali foydalanuvchilar Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida korrupsiya holatlari bilan toʻqnashganligi yuzasidan oʻzlarining anonim xabarlarini yuborishlari mumkin. Bunda yuborilgan xabarlarning muallifi toʻgʻrisida maʼlumotlar, jumladan uning ismi (taxallusi), telefon raqami va boshqa shaxsiy maʼlumotlari oshkor etilmaydi, yaʼni ularning mahfiyligi toʻla taʼminlanadi.
Oʻz navbatida @uzexanticorruptionbot Telegram-botiga kelib tushgan xabarlar boʻyicha korrupsiya holatlari haqiqatga mos kelishi yuzasidan ichki tekshiruv ishlari oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval birja rahbari bilan muloqot qilish uchun @UzexMarkazBot va birja faoliyati boʻyicha muammoli masalalarni tezkor hal qilish uchun @uzexfeedbackbot telegram botlari ishga tushirilgan edi.