Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tovar-xom ashyo birjasida ilk bor qimmatbaho metallar sotuvga qoʻyildi
21:57 / 2019-03-26

“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatida qimmatbaho metallar boʻyicha ilk bitimlar amalga oshirildi. Masalan, faqat 2019 yilning 18 martidan 20 martigacha oʻtgan birja savdolarida umumiy qiymati 192,6 million soʻmlik 46,5 kilogramm kumush sotildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatida qimmatbaho metallar boʻyicha ilk bitimlar amalga oshirildi. Masalan, faqat 2019 yilning 18 martidan 20 martigacha oʻtgan birja savdolarida umumiy qiymati 192,6 million soʻmlik 46,5 kilogramm kumush sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, mahalliy tovar-xom ashyo birjasida qimmatbaho metallarni sotish yoʻlga qoʻyildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatidan olingan maʼlumotlarga koʻra, oʻtkazilgan savdo yakunlariga koʻra, kumushning bir haftalik birja kotirovkasi 1 gramm uchun 4 142,56 soʻmni tashkil qildi. Taʼkidlash joizki, birja savdolarida qimmatbaho metallarni qayta ishlash boʻyicha quvvatlarga ega boʻlgan sanoat maqsadlari uchun moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar hamda zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi.

Hozirgi kunda ichki birja bozorida qimmatbaho metallarni sotish uchun ikki shartnoma mavjud. Xususan, birja kotirovka varagʻiga kumush quymasining 500 gramm lotlik Ag-1 markasi va oltin quymasining 500 grammlik Au-1 markasi uchun shartnomalar kiritilgan.

Ayni paytda kundalik birja savdolariga 15,5 ming gramm kumush va 2,6 ming gramm oltin qoʻyilmoqda. Bunda qimmatbaho metallarning boshlangʻich narxi London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining soʻnggi fiksingiga asosan Oʻzbekiston milliy valyutasida belgilanadi. Birja savdolarida ishtirok etish uchun sotuvchi va xaridorlar tomonidan birjaning Hisob-kliring palatasiga kiritadigan boʻnak miqdori birja bitimi ehtimoliy summasining 1 foizini tashkil etadi.

Zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar birja savdolarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan qimmatbaho metall va toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani taqdim etishlari zarur.