Tovar — moddiy boyliklarining noqonuniy kirib kelishiga chek qo‘yilmoqda
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti orqali “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelinayotgan yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Tashkilotning ishonchli vakili hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv davomida avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 902 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan “Elastomer ip bilan bosilgan trikotaj mato” tovari borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlar olib borilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA