Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga qaytarildi
12:58 / 2021-05-11

Prezidentimizning 2019 yil 8 fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha ma’lum tovar belgilarining ro‘yxatdan o‘tkazilishini aniqlash va qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarni bekor qilish choralarini ko‘rish belgilangan.

Intellektual mulk agentligi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, shunday holatlardan biri sifatida Shveysariyaning “Societe des Produits Nestle S.A.” kompaniyasi 2018 yilda “48 kopeyek” tovar belgisiga muhofaza hujjatini olgan mamlakatimizdagi “A.B.”MCHJga berilgan tegishli guvohnomani haqiqiy emas, deb topish haqida ariza bilan murojaat qildi.

Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashiga taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish natijasida mazkur masalaga aniqlik kiritildi. Xususan, Nestle kompaniyasi guruhi 1996 yil iyun oyida “Nestle Jukovskoye morojenoye” MCHJdan aksiyalar paketini xarid qiladi. Shu vaqtning o‘zida kompaniya Rossiya hududida “48 kopeyek” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazib, muhofaza hujjatini oladi. Bundan ko‘rinib turganidek, Nestle kompaniyasi tovar belgisiga bo‘lgan huquqni ancha oldin qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ladi.  

Demak, xalqaro normalar va milliy qonunchilik talablariga ko‘ra, tovar belgisini birinchi ro‘yxatdan o‘tkazgan yuridik shaxs unga egalik qila oladi.

Apellyatsiya kengashining xolis va qonuniy qaroriga binoan adolat qaror topdi va tovar belgisiga bo‘lgan huquq haqiqiy egasiga qaytarildi.  

                                                                                                                                              

Gulnoza Boboyeva, O‘zA