Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Total Chess World Championship Tour” Nodirbek Abdusattorovga taklifnoma yo‘lladi
09:59 / 2026-01-08

Xalqaro shaxmat federatsiyasi va "Norway Chess" 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan “Total Chess World Championship Tour”ning ilk turniri “Total Chess 2026 Pilot” bahslarida ishtirok etadigan 16 nafar shaxmatchilar nomini e’lon qildi.

Klassik shaxmat, rapid va blits yo‘nalishlarini jamlagan mazkur bahslar joriy yil ilk marta tashkil etilayotgani bilan ahamiyatli.

Jahon shaxmat tizimida yangicha formatda o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etish uchun 16 nafar shaxmatchiga taklifnoma yo‘llandi.

Ular - jahon chempioni Dommaraju Gukesh va ayollar o‘rtasidagi jahon chempioni Szyuy Venszyun, 2025 yilgi rapid bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlari Magnus Karlsen, Vladislav Artemev, Arjun Erigaisi, 2025 yilgi blits bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlari Nodirbek Abdusattorov va Maksim Vashe-Lagrav, FIDE reyting bo‘yicha eng kuchli 9 nafar shaxmatchilar Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Vinsent Kaymer, Anish Giri, Alireza Firuzja, Rameshbabu Praggnanandxa, Vey I, shuningdek zaxira mezonlari asosida saralanganlar Uesli So, Vishvanatan Anand.

Bundan tashqari, mazkur yangicha yo‘nalishdagi chempionatning qolgan ikki nafar ishtirokchisi joriy yilning aprel oyida Kiprda o‘tadigan FIDE Nomzodlar turnirida aniqlandi.

Aytish lozim, Nomzodlar musobaqasining ayollar va ochiq musobaqalarida g‘oliblikka erishgan shaxmatchilar  "Total Chess”da qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, “World Championship Tour 2026 Pilot” turniri joriy yilning 3–15 oktyabr kunlari tashkil etiladi.

Musobaqa o‘tadigan mamlakat nomi yaqin oylarda e’lon qilinadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA