"To‘siqsiz ta’lim" loyihasi doirasida seminar
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha uchun birdek to‘siqsiz ta’lim olish imkonini yaratishga qaratilgan siyosat yuritilmoqda. Bunda inklyuziv ta’lim alohida ahamiyat kasb etayotgani ham ayni haqiqat.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Xalqaro inklyuziv xab xodimlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90 ta maktab va ixtisoslashtirilgan texnikumlar o‘qituvchilari ishtirokida "To‘siqsiz ta’lim" loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani chuqur tushunish va bolalar huquqlarini amalda himoya qilish hamda har bir bola o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan amaliy qadamlar va tashabbuslarni ishlab chiqishdan iborat.
Ta’kidlash joizki, bu kabi seminarlar sohaning keyingi rivojlanish yo‘lida muhim qadam vazifasini o‘taydi.
Sherbek Islomov, O‘zA