“Toshrabot textile” eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarmoqda
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Toshrabot textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatida eksportbop trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Toshrabot textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatida eksportbop trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Korxona yiliga 6 million dona mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Bu yerda 400 nafar kishining bandligi taʼminlangan.
Joriy yil iyul oyida korxonada gul bosish boʻlimi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, qoʻshimchi ish oʻrinlari yaratildi. Ushbu boʻlimda zamonaviy texnologiyalar yordamida kuniga 6 ming dona trikotaj mahsulotiga 13 rangda gul bosish ishlari bajarilmoqda.