Toshpulatova Surayyo Tulqin qizining qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Ertagi kartoshka hosildorligining ekin naviga, mulchalash va ekish muddatiga bog‘liqligi (Qashqadaryo viloyati misolida)» mavzusida
Toshpulatova Surayyo Tulqin qizining «Ertagi kartoshka hosildorligining ekin naviga, mulchalash va ekish muddatiga bog‘liqligi (Qashqadaryo viloyati misolida)» mavzusidagi 06.01.06 – Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 7-noyabr 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent viloyati, 100164, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti, Bosh binosi ilmiy kengash majlislar xonasi.
Tel.: (+99871) 260-48-00; (+99871) 260-47-70 Faks: (+99871) 260-38-60
e-mail: tuag-info@edu.uz