Toshpulatova Aziza Toyirovnaning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Talabalar umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusida
Toshpulatova Aziza Toyirovnaning 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalar umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 16 iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
ye-mail: kengash@edu.uz