French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshloqning metallurgiya zavodi bo‘ladi
17:54 / 2025-04-18

Farg‘onada metallurgiya zavodi quriladi, desa yaqinda ham bunga shubhalanuvchilar bo‘lgan. Endi esa tadbirkorga berilgan imkoniyat tufayli yirik loyihalar ham amalga oshyapti. Yana qayerda deng, azaldan sanoat rivoj topgan Farg‘ona shahrida emas, Toshloq tumanida metallurgiya zavodiga asos solindi.

– Uzunligi 1400 metrli temir yo‘l kirib kelmoqda. Birinchi bosqichda eni 60, uzunligi 400 metrli ishlab chiqarish binosi ham qurilyapti. Loyihaning umumiy qiymati 110 mln dollar bo‘lib, shu yilning o‘zida uning 35 mln dollarini o‘zlashtiramiz, – deydi Farg‘ona metallurgiya zavodi ish boshqaruvchisi Abdug‘affor O‘rinboyev. – Zavodning 60 foiz ulushi biz tadbirkorlarniki bo‘lib, 40 foizi esa xitoyliklarniki. Shu yilning o‘zida 120 ta ishchi o‘rni yaratiladi, loyiha to‘liq amalga oshgach, ular soni 450 taga yetadi.

Ha, zavod uchta yirik ishlab chiqarish sexlaridan iborat bo‘ladi. Eng zamonaviy metallurgiya jihoz va liniyalari keltiriladi. 15 gektar qir- adirlar o‘rnida asosan import o‘rnini bosuvchi metall profillar, o‘rtama metall listlar endi “Toshloqda ishlab chiqarilgan” degan tamg‘a bilan tarqatiladi. Hozir esa qurilish ishlari davom etyapti. Shu yilning o‘zida 85,7 mln.dollar o‘zlashtirilishi lozim.

– Ilgari xorijdan import bo‘lib kelayotgan metall mahsulotlarni endi Toshloq tumanining o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yyapmiz, – deydi Abdug‘affor O‘rinboyev. – Mahsulotga ichki bozorda ham, xorijda ham talab katta. Bu yerda, shuningdek, qora metall, profillar, o‘rama metal ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Xorijiy investor, hammuassis “Shandong Aipurui Steel Plate Co.Ltd” jihoz va uskunalarni yubormoqda.

Ilgari faqat paxtachilik bilan shug‘ullangan tumanlarda zamonaviy va noyob sanoat korxonalari, masalan, metallurgiya zavodi qurilishi mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy islohotlar tufaylidir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KoELTH7ffno" title="Toshloqning metallurgiya zavodi boʻladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA muxbirlari