English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshloqda hudud xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda
17:16 / 2019-12-10

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida navbatdagi taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.


Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida navbatdagi taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan rejasiga asosan hudud xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshloq tumanida ikki kunlik o‘quv-taktik mashg‘ulotlariga start berildi. Unda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Prokuratura, Ichki ishlar organlari va boshqa hamkorlik qiluvchi tuzilmalar ishtirok etmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad hamkorlikdagi xizmatlarning o‘zaro tajriba almashishni ta’minlash hamda birgalikda harakat qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, aholi tinchligini osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, o‘quv mashq davomida shartli jinoyatchilarni to‘sib ushlash, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, qurollangan jinoyatchilarni qo‘lga olish kabi vaziyatlarda ichki ishlar xodimlari hamda kuchga ega hamkorlikdagi tuzilmalarning favqulodda harakatlanish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda.