Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshloq tumani: tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi
10:03 / 2023-07-08

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaning klinik davolash bo‘limlari uchun qurilgan 5 qavatli, 175 o‘rin-joyga ega yangi bino foydalanishga topshirildi. Qurilish ta’mirlash ishlariga 22,6 milliard so‘m sarflandi. Bu tumandagi 214 ming nafardan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshiradi.

Ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Iqboljon Ergashev mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, ona va bola sog‘ligini mustahkamlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini qayd etdi.

Viloyatdagi tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash maqsadida 2022 yilning o‘zida 64 tibbiyot muassasalarida qariyb 150 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Joriy yilda ham bu kabi ezgu ishlar tizimli davom ettirilmoqda.  

[gallery-12644]

Toshloq tumani markaziy shifoxona binolari 1963-1971 yilda qurilgan bo‘lib, qurilgandan buyon mukammal ta’mirlanmagan, zamon talablariga javob bermaydigan holga kelib qolgan, ayrim bo‘lim binolari xaroba holatda edi. Markaziy shifoxona moslashtirilgan binolarda joylashganligi uchun bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda o‘ziga xos muammolarga duch kelinar edi.

Yangi qurilgan qabul-diagnostika, reanimatsiya, tug‘uruqxona bo‘limi, xirurgiya, hamda terapiya bo‘limlari joylashtirilgan binoda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulayliklar mavjud. Bemorlarni tashhislash uchun raqamli rentgen, zamonaviy UTT apparati, gastrofibroskop, EKG apparatlari o‘rnatilgan. Binodagi xonalar markazlashgan kislorod tarmog‘i bilan ta’minlangan. Klinik va bioximik laboratoriya xonalari tashkil etilgan.  

 

M.Sulaymonov,

O‘zA

M.Qodirov olgan suratlar