French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentning ikkita mahallasida elektr ta’minotidan uzilish kuzatildi
14:19 / 2022-01-24

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni daqiqada poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 35 kV kuchlanishli “Gornaya” podstansiyasini ta’minlovchi yer osti kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Natijada Mirzo Ulug‘bek tumanining “Navnihol” hamda “Bo‘z” MFYlari hududida yashovchi aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.