Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanidagi ayrim hududlar metro qurilishi sababli 13 fevral kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha vaqtincha suv ta’minotidan uziladi, deya xabar beradi «O‘zsuvta’minot».
Suv ta’minotidagi uzilishga Sergeli tumani "Qipchoq" (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab "TXAY"dan "Fayzli" ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yerusti metrosi qurilishi jarayonida tarmoqlarning ko‘chirib o‘tilishi sabab bo‘lgan.
Shu bois Sergeli hamda Yangihayot tumanidagi yirik sanoat korxonalari, ijtimoiy soha ob’ektlari, maktabgacha ta’lim va maktab ta’lim muassasalarida hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sergeli tumani bo‘yicha, «Daryo bo‘yi», «Fayzli», «Jaloir», «Qipchoq», «Sug‘diyona», «Sofdil», «O‘zgarish», «Habibiy», «Mehrigiyo», «Yangi Sergeli», «Ezgulik», «Madadkor», «Ziynat», «Ittifoq», «Nilufar», «Bunyodobod» mahallalarida, yirik sanoat korxonalarida, jumladan: "Rersi" zavodi, «Mo‘’tabar» un zavodi, G‘isht zavodi, Keramika zavodi, Bojxona ombori, OBD qozonxonasida, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’lim muassasalarida hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida suv vaqtincha o‘chiriladi.
Yangihayot tumani bo‘yicha, «Qipchoq», «Yo‘ldosh», «Al-Farg‘oniy», «Viqor», «Olchazor», «Do‘stlik», «Chortoq», «Charog‘on», «Toshkent», «Ibrat», «Iqbol», «Humo», «Yangi Umid», «Yorqin xayot», «Marhamat» mahallalarida suv vaqtincha o‘chiriladi.
Xizmat ko‘rsatish hamda ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan: 37-sonli poliklinika, 1-sonli tug‘ruq kompleksi, Teri-tanosili shifoxonasi, Mayitxona, Yangihayot tumani hokimiyati binosi, non ishlab chiqarish korxonasi, 12-sonli avtobus saroyi, ko‘tarma nasos stansiyasi, «Grin-park» bog‘i, «Evrika» bolalar bog‘chasi, metall zavodida ham suv vaqtincha o‘chadi.
Qayd etilishicha, ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.
O‘zA