Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentning 4 ta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi
10:37 / 2024-08-21

Bugun, 21 avgust kuni poytaxtimizning ayrim tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» GTF matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, Olmazor va Shayxontohur tumanlariga soat 10:00 dan 17:30 gacha, Mirobod tumaniga 10:00 dan 18:00 gacha, Yashnobod tumaniga 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.  

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA