Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentning 3 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
12:01 / 2022-10-29

"Hududgaz Poytaxt" gaz Matbuot xizmatining xabar berishicha, 29 oktyabr kuni Yangihayot tumani, «Yangi Choshtepa» mahallasi hududidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga elektron hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi. Shu sababli 2022 yil 29 oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Yangihayot tumani:

— «Yangi Choshtepa» MFYda;

— «Choshtepa» MFYda

 

Sergeli tumani:

— «Junariq» MFYda.

Chilonzor tumani:

— «Beshqo‘rg‘on» MFYda.

 

Shuningdek, Yangihayot, Sergeli, Chilonzor tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga ulangan 25 ta ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilgan.

 

O‘zA