Andijonda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha mamlakat birinchiligi final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Andijon davlat chet tillar institutining sport zalida "Barkamol avlod" sport musobaqalari doirasida professional ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika final bosqichi o‘yinlarida Toshkent shahri, Andijon va Buxoro viloyatlari jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.
[gallery-16239]
Qiziqarli va murosasiz bahslar bilan o‘tgan final o‘yinlarining yakuniy natijalariga ko‘ra, Toshkent shahri gandbolchilari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Andijon viloyati jamoasi ikkinchi, Buxoro viloyati jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, tegishli medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari