Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentlik noqonuniy ovchi Termizda ushlandi
10:08 / 2026-02-12

Surxondaryo viloyati ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi nazoratchilari Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz tumani Uchqizil ko‘li atrofidagi yalanglikda g‘ayriqonuniy ov qilgan shaxsni qo‘lga oldi.

Reyd chog‘ida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi Elomon Furqatov (ism-sharif o‘zgartirildi) 13 bosh yovvoyi quyonni taqiqlangan usul ya’ni, tunda yorituvchi moslamadan foydalangan holda ovlagani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan poytaxtlik ovchiga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rildi. Yovvoyi jonivorlarni ovlashda foydalangan uch dona ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olinib, viloyat ichki ishlar boshqarmasiga topshirildi. Ayni paytda qariyb 700 kilometr yo‘l bosib, ovchilik chigalini yozmoqchi bo‘lgan “mehmon”ning tabiatga yetkazgan zarar miqdori hisoblanmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri