Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentlik merganlar bahsi
17:04 / 2019-02-26

Toshkent shahar “Vatanparvar“ tashkiloti hamda bir qator tashkilotlar tomonidan sportning pnevmatik miltiqdan oʻq otish turi boʻyicha shahar ochiq birinchiligining ilk bosqichi oʻtkazildi.


Toshkent shahar “Vatanparvar“ tashkiloti hamda bir qator tashkilotlar tomonidan sportning pnevmatik miltiqdan oʻq otish turi boʻyicha shahar ochiq birinchiligining ilk bosqichi oʻtkazildi.

Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 19 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Toshkent shahridagi 8 ta sport jamoasining 57 nafardan iborat sportchilari “PP-1” va “VP-2” yoʻnalishlarida oʻzaro raqobatlashdi.

Aql-idrok, ziyraklik hamda moʻljalni aniq olish talab etiladigan mazkur birinchilikning yakka tartibdagi “VP-2” mashqi boʻyicha Ilya Nikitin gʻolib deb topildi. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda Akobir Joʻrayev ikkinchi, Ulugʻbek Zulfiqorov esa uchinchi boʻldi.

Qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda Dilafruz Qobiljonova, Dilsoʻz Rizayeva hamda Fotima Nosirova shohsupaga koʻtarildi.

Yakka tartibdagi “PP-1” yoʻnalishida Ilhom Obidjonov, Ilya Marchenko va Hamidjon Iminoxunovga teng keladigani topilmadi. Mazkur yoʻnalishning qizlar oʻrtasidagi bahslarida Aleksandra Marchenko, Iroda Azamatova, Madhiya Isayeva gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Umumjamoa hisobida Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi birinchi oʻringa koʻtarilgan boʻlsa, Mirobod tumani oʻquv-sport texnika klubi ikkinchi, Sergeli tumani oʻquv-sport texnika klubi uchinchi pogʻonadan joy oldi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi.