FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyat kengashi tasarrufidagi Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv-sport texnika klubiga qarashli kartodromda karting bo‘yicha mamlakat chempionatining 2-bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.
[gallery-12346]
Zamonaviy talablarga javob beradigan mazkur kartodromda doimiy ravishda respublika va xalqaro musobaqalar o‘tkazib kelinadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida, sog‘lom va shijoatli etib tarbiyalash, ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sportning texnik-amaliy turlarini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi karting poygasida Toshkent shahri hamda viloyatlardan 70 nafar sportchi ishtirok etdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Toshkent shahri, keyingi o‘rinlarni esa Sirdaryo va Namangan viloyatlari jamoalari egalladi. G‘oliblarga maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hotam Mamadaliyev(surat),O‘zA