Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentga Fly Khiva aviakompaniyasining ilk samolyoti yetib keldi
14:41 / 2024-01-18

“Toshkent” xalqaro aeroportida “Fly Khiva” mahalliy aviakompaniyasining Reykyavika (Islandiya) shahridan kelgan havo kemasi kutib olindi.

“Uzbekistan Airports” xabar berishicha,  Boeing 767-304 yuk tashuvchi samolyoti “Fly Khiva” aviakompaniyasi parkidagi birinchi samolyot bo‘ldi.    

Aviakompaniya vakillari yaqin kelajakda o‘z parklarini xuddi shu turdagi samolyotlar bilan to‘ldirish bo‘yicha rejalari, shuningdek, Dubay (BAA), Istanbul (Turkiya), Dehli (Hindiston) va Gonkong (Xitoy)ga yuk tashuvlarini amalga oshirish maqsadlari haqida ma’lum qildi.    

“Fly Khiva” — Fly Khiva Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi, Urganchda asos solingan mahalliy aviakompaniyadir. U 2021 yilda fuqarolik, yuk va biznes aviatsiyasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA