French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdan Vashingtongacha: Chaqmoq savollar, aniq javoblar… (video)
12:07 / 2025-11-06

Bugungi global siyosiy makonda diplomatiya endi marafon emas – sprint. Mintaqalar, manfaatlar va geotexnologiyalar chorrahasiga aylanayotgan Markaziy Osiyo esa bu “poyga”da markaziy yo‘llar kesishadigan maydon vazifasini o‘tashga tayyor. Ayni yangi sur’atga moslashayotgan O‘zbekiston va AQSH munosabati esa pragmatizm, tejamkor vaqt, real natija va tezkor o‘zgarishlar ostonasida turibdi.

Mamlakatimiz tashqi siyosati so‘nggi yillarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan an’anaviy hamkorlik chizig‘idan yuqoriga – iqtisodiyot, ta’lim, texnologiya va yoshlar diplomatiyasi sari yo‘naldi. Vashington uchun O‘zbekiston – barqaror manzil, mintaqalarni bog‘lovchi ko‘prik va kelajak bozori sifatida namoyon.

“Kim kuchli ta’sirga ega?” savoli bugun o‘z o‘rnini “Kim tezroq va aqlliroq ishlay oladi?” tamoyiliga bo‘shatmoqda. Hozirdanoq va keyingi o‘n yillikda o‘zaro ishonch, ta’lim, texnologiya va tezkor qarorlar O‘zbekiston –AQSH munosabatining asosiy “quroli”ga aylanadi.

Asosiy savol shu: kim bu musobaqada, nafaqat tez, balki uzoqqa yugura oladi? Zamonaviy diplomatiyani shaxmatga mengzab bo‘lmaydi. Endi tezlik, kreativ tafakkur va kelajakni oldindan ko‘ra olish salohiyati ustuvorlik kasb etadi. Ya’ni, sahnada – yangi avlod diplomatlari.

Tomonlar o‘rtasidagi joriy va kelgusi aloqalar mazmun-mohiyatini yangicha shakl-shamoyilda yoritish uchun O‘zA muxbiri chuqur siyosiy bilim va ko‘nikmaga ega ekspertlar – Sayfiddin Jo‘rayev, Habibullo Azimov va Ravshan G‘oziyevga “rapid-fire” savollar bilan yuzlandi.

Demak, kuzating: “Chaqmoq” savollarga qisqa, aniq, asosiysi qiziqarli va foydali javoblar.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NC_h68eTq6g?si=qPIGAFjv3cqj-inB" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Oybek Davronov (video),

O‘zA