Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
12:22 / 2023-12-18

Transport vazirligi yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 29, 30, 31 dekabr kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida, shuningdek, 2023 yilning 25, 26, 27, 28 dekabr kunlari 762/761-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:  

—775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi  

Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20,  

—776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi  

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05,  

—762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi  

Toshkent 6:59  — Qarshi 10:33,  

—761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi  

Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA