Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdan Ras-al-Xaymaga parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda
17:19 / 2024-12-26

Air Arabia aviakompaniyasi tomonidan 27 dekabrdan boshlab qish mavsumida Ras-al-Xayma amirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

“Uzbekistan Airports” aviakompaniyasidan ma’lum qilinishicha, parvozlar haftasiga bir marta juma kuni Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bu aviakompaniya samolyotlari uchadigan uchinchi amirlikdir. 

Air Arabia aviakompaniyasining bosh qarorgohi BAAning Sharja shahrida joylashgan. Aviakompaniya Sharja va Iskandariya aeroportlaridan hamda Marokashning to‘rtta aeroportidan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va MDH mamlakatlariga yo‘lovchilarni tashiydi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA