English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdan Qozonga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi
09:50 / 2023-11-03

“Red Wings” kompaniyasi shu yilning 16 noyabridan boshlab Qozon — Toshkent — Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi.

“Uzbekistan Airports” xabar berishicha, reyslar muntazam ravishda haftada bir marta – payshanba kunlari SU95 samolyotlarida amalga oshiriladi.

“Red Wings” Rossiyaning Domodedovo aeroportida joylashgan aviakompaniyadir. U doimiy va charter reyslarda yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan.

Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekistonning beshta shahridan Rossiyaning beshta shahriga parvozlarni amalga oshiradi.

Qozon – Rossiyaning Volga va Kazanka daryolari sohillarida joylashgan janubi-g‘arbiy qismidagi shahar. Tatariston Respublikasining poytaxtida o‘zining muzeylari va muqaddas qadamjolari bilan mashhur bo‘lgan qal’a - qadimiy Qozon kremli joylashgan. Suyumbek minorasi, Blagoveensk soborining ko‘k va oltin gumbazlari hamda yorqin “Kul-Sharif” juma masjidi Qozon kremlining eng qiziqarli diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi. 

Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA